Latviyaga kirish

21.09.2020. 10:06

Koronovirus pandemiyasi va O'zbekistondagi epidemiologik xavfsizlik holatini cheklash choralarini hisobga olgan holda, hozirgi paytda, Latviya elchixonasiga qabul jarayonlari keyingi ogohlantirishlarga qadar cheklangan. Keyingi o'zgarishlar to'g'risida elchixonaning veb-saytida yoki ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumotlarni kuzatib borishingizni so’raymiz.

Vizalar uchun arizalar faqatgina davlat manfaatlariga yoki gumanitar sabablarga bog'liq bo'lgan hollarda qabul qilinadi, masalan:

  • Xalqaro yuk tashish va boshqa zarur soha transport vakillari;
  • Latviya fuqarolarining oila a'zolari (fuqaroligidan qat'i nazar - turmush o'rtoqlar, 21 yoshgacha bo'lgan bolalar va vasiylik yoki qaramog'ida bo'lgan shaxslar);
  • muhim oilaviy sabablar tufayli, og'ir kasallik yoki yaqin qarindoshining dafn marosimi sababli;
  • LIAA - tomonidan tasdiqlangan xodimlar va mutaxassislar;
  • sport federatsiyasi yoki federatsiyaning to'la a'zosi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etish uchun Latviyaga yuboriladigan sportchilar, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xodimlari va xalqaro sport tashkilotlarining vakillari. Agar mehnat shartnomasi tuzilgan bo'lsa, LIAA tomonidan tasdiqlovchi xatni taqdim etish kerak;
  • Talabalar va talabalar almashinuv dasturlarining qatnashchilari, agar talabaning o'qishi va kun tartibida o'quv jarayonini tashkil etish to'g'risida oliy o'quv yurti yoki kollej tomonidan yozma tasdiqlangan hujjati bo'lsa. (hujjatlarni VFS Global markazi orqali 10-avgustdan so’ng topshirishingiz mumkin)

Konsullik yordami Favquloddagi vaziyatlarda elchixona tomonidan telefon yoki elektron pochta orqali taqdim etiladi.

Qo'shimcha savollarga oydinlik kiritish va aniqlashtirish uchun quyidagi telefon raqamiga +99871 2370851 - soat 15:00 dan 16:00 gacha murojaat qilishingiz mumkin yoki konsullik bo'limining elektron pochta manziliga yozing: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. So’rovnomada ism-Sharif, fuqarolik va telefon raqami ko'rsatilishi shart.