Vizani rasmiylashtirish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar

27.01.2021. 11:54

1. PASPORT va uning ikkinchi, uchinchi sahifalari nusxasi

  • pasport 10 yildan ko’p bo’lmagan muddatda berilgan bo’lishi kerak;
  • rejalashtirilayotgan sayohatdan 3 oy o’tguncha amalda bo’lishi kerak;
  • viza yelimlanishi uchun mo’ljallangan 2 tadan kam bo’lmagan toza sahifalari bo’lishi kerak.

2.  Anketa so'rovnoma

Viza so’rovnomasi to’liq to’ldirilgan bo’lishi va viza so’rayotgan shaxs tomonidan o’zining asl imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. So’rovnoma Shengen davlatlariga borayotgan har bir kishi uchun tuldiriladi.18 yoshgacha bo’lgan, voyaga etmaganlar uchun surovnoma ularning ota- onalari yoki ota–onalik (vasiylik) huquqlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan imzolanadi: https://epak.pmlp.gov.lv/NVIS.EService001.WebSite/?

3. Bitta rangli fotosurat (35 mm x 45 mm)

4. Mablag'ni tasdiqlovchi ma'lumotnoma

Hisobida pul mablag’lari borligi haqida bankdan ma’lumotnoma va horijda bo’lganda bu mablag’lardan foydalanishga imkon beruvchi to’lov kartalari, shuninigdek ohirgi 3 oy davomida pul mablag’larining harakati to’g’risidagi bank hisobidan ko’chirma;

5. Sug'urta Polisi 

Shengen vizasini olish uchun Shengen davlatlari hududida amal qiluvchi va sog’liqni tibbiy sug’urta qiluvchi polis zarur. Polisning amal qilish muddati viza berilayotganda hisobga olinadi.

6. Davlat Boji  

Viza murojatini ko’rib chiqish uchun davlat boji to’lanishi shart. Viza murojaatiga rad javobi olinganda dalat boji uchun berilgan pul qaytarilmaydi. Davlat boji 6 yoshli bolalar dan boshlab olinadi.

Barcha murojaat etuvchilar viza olishda qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

  • Safar maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • Shengen kelishuvi mamlakatlarida bo’lish davri uchun Moliyaviy mablag’larning mavjud ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar. Shengen davlatlari hududida bo’lish bilan bog’liq bo’lgan harajatlarni taklif qiluvchi tomon qoplamagan holda borishni rejalashtirayotgan shaxs Shengen mamlakatlarida bo’lish davri hamda o’z doimiy yashash davlatidiga qaytib kelish uchun yetarli pul mablag’lariga ega ekanligini isbot qilishi kerak.