Viza turlari

29.10.2020. 10:01

Shengen vizasi safar maqsadiga ko’ra 2 kotegoriyada – А и С – beriladi

  • A kotegoriyasidagi viza Shengen davlati aeropoti xalqaro transit hududidan o’tishga mo’ljallangan bo’lib, u Shengen kelishuvi a’zo davlatlarining to’g’ridan to’g’ri hududlariga kirish huquqini bermaydi.
  • C kotegoriyasidagi viza Shengen kelishuvi a’zo davlatlari bo’lgan 1 yoki undan ko’p mamlakatlarida bo’lish hohishini bildirgan yoki tranzit orqali bir davlatdan ikkinchi davlatga o’tish istagi bor fuqarolar uchun beriladi.

Qisqa muddatli viza - kategoriya C

Bu viza Shengen davlatida qisqa muddat mobaynida bo’lib qaytish uchun yoki Shengen davlatlari hududidan tranzit yo’lovchi sifatida o’tish uchun beriladi. Ushbu viza sayoxat maqsadidan kelib chiqqan holda bir marotaba, iki marotaba yoki ko’p marotaba Shengen davlati hududiga kirish uchun beriladi. Vizaning amal qilish muddati 5 yilda oshmaydi. Shengen hududiga kirish vaqti Shengen hududiga kirmaydigan davlat hududidan Shengen davlati hududiga kirilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Chet el fuqarosining Shengen davlati hududida turishi uchun belgilangan eng ko’p muddat Shengen hududiga kirmaydigan davlatdan Shengen davlati hududiga kirilgan vaqtdan boshlab har 6 oy ichida 90 kun hisoblanadi. 

Vizaning amal qilish muddati mobaynida chet el fuqarosi Shengen davlatiga kirish yoki undan chiqish huquqiga ega, faqatgina vizaning “Sayohat qilish davomiyligi” bo’limida ko’rsatilgan ma’lum sanoqli kundan ortiq yurishi mumkin emas.

Bazi tranzit holatlarida zarur davlat hududidan tranzit sifatida o’tib ketish uchun kerak boladigan muddatni hisoblash orqali vaqtinchalik bo’lib turish muddati aniqlanadi. Tranzit vizasini olish uchun topshrilayotgan hullatlar bilan birga ohirgi boriladigan davlat vizasi (agar shart deb topilsa) ham ko’rsatilishi zarur.

Uzoq muddatli viza – kategoriya D

Latviyada yarim yil mobaynida 90 kundan ortiq turish zarur bo’lgan chet el fuqarosi uzoq muddatli viza ( yoki вид на жительство) rasmiylashtirishi lozim.