Fotosur’atlar uchun talablar

29.10.2020. 10:05

Sifatli ro’yhatga olish ishlarini olib borish va vizalarni taqdim qilish uchun fotosur’atlar quyidagi talablarga javob berishi zarur:

  1. Ikkita rangli fotosur’at.
  2. Fotosur’atlar 45 Х 35 мм ±1 мм hajmida oq rangdagi burchaklarsiz bo’lishi kerak
  3. Fotosur’atlar o’lchamlari –ko’z qorachiqlari o’rtasidagi masofa 6 ± 3 мм, ko’zning o’rta chizig’I va iyak (daxan) o’rtasidagi masofa (chetdagi nuqtalar) 15 ± 2 мм hamda boshdan (kalladan) fotosur’atning tepa qismidagi eng  chetigacha 6 ± 2 мм bo’lishi kerak.
  4. Fotosur’at faqat ranhli bo’lishi kerak.
  5. Fotoqog’oz ustki qismi rel’ef bo’lmagan holda silliq, glyantsli yoki matoviy bo’lishi mumkin.
  6. Fotosurat orqa qismi (foni) oq yoki yorug’-kulrang bolishi kerak. Agar Fotosur’at foni qora yoki boshqa rangda bo’lsa bu fotosur’at yaroqli emas deb topiladi.
  7. Bosh (kalla)ning turishi – fas.
  8. Yuz ko’rinishi – tabiiy bo’lishi kerak (kulib tushish ruxsat etiladi).
  9. Kiyim – kundalik kiyim bo’lishi mumkin. Ustki hamda bosh kiyimlarida sur’atga tushish man qilinadi (masalan, pal’to, kurtka va boshqalar). Bundan tashqari gavdaning tepa qismi yalang’och tarzda sur’atga tushirilishi ham man etiladi.
  10. Yoritish – ikki tomondan yuzga yo’naltirilgan holda. Agar fotosur’atga ijodiy tomonlama yondashilgan bo’lib, uning fonida rangli ko’rinishlar mujassam bo’lsa, bu fotosur’at yaroqsiz deb hisoblanadi. 
  11. Fotosur’atga fotoapparatning negativ ko’rinish funktsiyasida o'zgartirish kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
  12. Fotosur’at ishlash mobaynida hosil bo’ladigan bir rangning asosiy rang bo’lib qolishiga ruxsat berilmaydi.
  13. Sur’at sifatli, tiniq va hech qanday shikastkarsiz bo’lishi shart.
  14. Agar shaxs doimiy tarzda ko’zoynaklar taqib yursa, unda ko’zoynaklar bn rasmga tushish ruxsat beriladi. Tim qora ko’zoynaklarda hamda ko’zoynak buringa tushirilgan holda sur’atga tusish man etiladi. Ko’zoynaklarning nuri kozni qoraytirib qo’yishi kerak emas.

Fotosur’atlar ohirgi 6 oy ichida ishlangan bo’lishi kerak.