Latviyaga kirish

21.04.2021. 13:37

Koronavirus pandemiyasi va O'zbekistondagi epidemiologik xavfsizlik holatini cheklash choralarini hisobga olgan holda, hozirgi paytda, Latviya elchixonasiga qabul jarayonlari keyingi ogohlantirishlarga qadar cheklangan. Keyingi o'zgarishlar to'g'risida elchixonaning veb-saytida yoki ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumotlarni kuzatib borishingizni so’raymiz.

15-yanvardan boshlab Latviya hududiga kirishda siz Covid-19 uchun salbiy test ma’lumotnomani taqdim etishingiz kerak bo'ladi. Test natijalarini Latviya chegarasini kesib o'tgan har bir kishi, shu jumladan mamlakatga avtotransportda kelganlar ham taqdim etishi kerak. Chegarani kesib oʻtishdan kamida 72 soat oldin topshirilgan test natijalari maʼlumotnomasini majburiy ravishda taqdim etishlari lozimligini eʼlon qiladi.

Vizalar uchun arizalar faqatgina davlat manfaatlariga yoki gumanitar sabablarga bog'liq bo'lgan hollarda quyidagi fuqarolar arizalari qabul qilinadi:

  • Xalqaro yuk tashish va boshqa zarur soha transport vakillari;
  • Latviya fuqarolarining oila a'zolari (fuqaroligidan qat'i nazar - turmush o'rtoqlar, 21 yoshgacha bo'lgan bolalar va vasiylik yoki qaramog'ida bo'lgan shaxslar);
  • muhim oilaviy sabablar tufayli, og'ir kasallik yoki yaqin qarindoshining dafn marosimi sababli;
  • LIAA - tomonidan tasdiqlangan xodimlar va mutaxassislar;
  • sport federatsiyasi yoki federatsiyaning to'la a'zosi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etish uchun Latviyaga yuboriladigan sportchilar, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xodimlari va xalqaro sport tashkilotlarining vakillari. Agar mehnat shartnomasi tuzilgan bo'lsa, LIAA tomonidan tasdiqlovchi xatni taqdim etish kerak;
  • kunduzgi bo'lim talabalari va almashinuv dasturlari ishtirokchilari, ikkinchi va keyingi kurs talabalari uchun, birinchi o'quv yilining birinchi semestr talabalaridan tashqari (ham bakalavriat, ham magistratura), tibbiyot ordinatura talabalari istisno tarzida  (ya'ni, allaqachon tibbiyot bo'yicha boshlang'ich ma'lumotni olgan va tibbiyotning ma'lum bir sohasida ordinaturada o'qishni boshlagan tibbiyot talabalar) Agarda oliy o'quv yurti yoki kollejning 27.10.2020 dan keyin berilgan yozma tasdig’i mavjud bo'lgan taqdirda, ya’ni amaliy qismni o’zlashtirish, shuningdek, rezidenturada klinik amaliyot to'liq kunlik shaklda amalga oshirilsa.

Siz ushbu havola orqali elektron ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Diqqat: hujjatlarni topshirish jadvali doimiy ravishda yangilanadi, yangi joylar qo'shiladi, shuningdek bo'shatiladi.

Konsullik yordami Favqulotdagi vaziyatlarda elchixona tomonidan telefon yoki elektron pochta orqali taqdim etiladi.