Latviyada kirish

09.03.2018. 15:39

Diqqat!

 

2018 yil 16 martdan boshlab Latviya Litva, Estoniya va Shveytsariyaga safarga borishga  qisqa muddatli viza olish uchun ro'yhatga olish va hujjatlarni topshirish VFS GLOBAL kompaniyasining viza markazida amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasidagi Latviya Elchixonasi Latviya, Litva, Estoniya va Shveytsariyaga safar qilish uchun qisqa muddatli Shengen vizalarini olishda yanada qulay sharoit yaratish maqsadida VFS GLOBAL kompaniyasi bilan O'zbekiston Respublikasi hududida xizmat ko'rsatish to'g'risida shartnoma tuzdi.

2018 yil 16 martdan boshlab yuqorida ko'rsatilgan mamlakatlarga Shengen zonasiga borishni istagan O'zbekiston fuqarolari va rezidentlari Toshkent shahridagi VFS GLOBAL kompaniyasining viza markazida qisqa muddatli vizalar olish uchun oldindan ariza berishlari va hujjatlarni topshirishlari mumkin, murojaat etish uchun manzil: Amir Temur shoh ko'chasi, 95a-uy, "Oriyent" biznes markazi, 503-ofis.

Dastlabki ro’yhatga olish va viza markazining faoliyati bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni +998 71 2342158 telefon orqali olish mumkin

 

ish tartibi dushanbadan jumagacha soat 08:30 dan 15:30 gacha

 

Dastlabki ro’yhatga olish uchun – viza olish uchun murojaat etuvchining ismi, familiyasi,  tug'ilgan sanasi va pasport raqamini ko'rsatish kerak. Latviya Elchixonasining Konsullik bo'limining elektron tizimida hujjatlarni taqdim etish uchun dastlabki ariza topshirgan shaxslar vizani barvaqtroq olishni istasalar, shuningdek, VFS GLOBAL viza markazida hujjatlarni topshirishning ancha barvaqtroq sanasi uchun ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

 

Arizalarni topshirish : dushanbadan jumagacha : soat 08:30 – 15:30


Pasportlarni berish: dushanbadan jumagacha :  soat 08:30 – 15:30

Evropa Ittifoqi Vizalar kodeksiga binoan, Viza markazi orqali hujjatlarni topshirish vaqtida viza uchun davlat boji miqdori o'zgarmaydi.

VFS Global kompaniyasining xizmatlari tariflari -1 pasport uchun 25 evro (yoki 24 evro, agar ariza beruvchi biometrik ma'lumotni taqdim etishi shart bo'lmasa).

To'lov Visa markazida O'zbekistonning milliy valyutasida naqd pulsiz hisob-kitob orqali amalga oshiriladi (bank krediti va debit kartalari). VFS Global kompaniyasi orqali topshirilgan viza arizalari Elchixonaning Konsullik Bo'limi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab 15 kun mobaynida ko'rib chiqiladi. Qo'shimcha tekshiruv o'tkazish zarur bo’lganda Elchixona arizani 30 kun ichida ko'rib chiqishi mumkin. Agar Latviya Elchixonasi ariza beruvchi bilan suhbat o’tkazishni zarur deb hisoblasa, ariza beruvchi bu haqda viza anketasida ko'rsatilgan aloqa telefoni orqali xabardor qilinadi.

Elchixona Schengen zonasiga a'zo mamlakatlarga sayohat qilishni oldindan rejalashtirni  va Latviya, Estoniya, Litva va Shveytsariyaga qisqa muddatli vizalar olish uchun hujjatlarni safarga borishdan kamida 14 ish kunidan oldin topshirishlarini iltimos qiladi.

Viza berishni xohlovchi fuqarolar shuningdek, dastlabki ro’yhatga olish bo'yicha bevosita Latviya Respublikasidagi Elchixonaga murojaat etish huquqiga ega. Yozib olish uchun +998 71 2342158 telefon raqami orqali dushanbadan jumagacha soat 08:30 dan 15:30 gacha. Ro’yhatga olish uchun vizaga ariza beruvchining ismini, familiyani, tug'ilgan sanasini va pasport raqamini ko'rsatish talab qilinadi.

Dastlabki ro'yhatdan o'tmasdan turib viza berish haqidagi arizalar fuqarolarning quyidagi toifasidan qabul qilinadi:

  • etnik latishlar (latviyaliklar), livlar va ularning turmush o’rtoqlari va farzandlari;
  • Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Yevropa Iqtisodiy Mintaqasi va Shveytsariya Konfederatsiyasiga a’zo bo’lgan davlatlar fuqarolarining oila a’zolari (Yevropa İttifoqi fuqarolarining va ularning oila a’zolari uchun erkin harakat va ishtirokchi davlatlarning hududlaridagi  huquqlari to’g’risidagi Evropa Parlamenti va Kengashi 2004/38 / EKning 2004 yil 29 apreldagi Direktivasi qoidalariga muvofiq faqat oila a'zolari *);
  • safar maqsadi - yaqin qarindoshining kasalligi yoki dafn qilinishi bo’lgan shaxslar;
  • O'zbekiston Respublikasining davlat, viloyat va joylardagi organlari mansabdor shaxslari – xizmat safarlariga boradigan shaxslar uchun;
  • xorijiy diplomatik, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlarning O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o'tgan xodimlari.

 * Ushbu Direktiva, boshqa bir ishtirokchi davlatga yuborilgan yoki fuqarosi bo'lmagan boshqa bir ishtirokchi davlatida yashayotgan, ya'ni, Evropa Ittifoqi fuqarosi erkin harakat huquqini amalga oshirayotgan yoki fvflga oshirib bo’lgan har bir Yevropa İttifoqi fuqarosiga qo'llaniladi.