Latviya-O’zbekiston aloqalari

02.12.2014. 19:09

O’zbekiston Latviyaning Markaziy Osiyo hududidagi muhim va asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Evropa Ittifoqiga a’zo davlati sifatida Latviya ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqindan aloqa qilib kelmoqda, shu jumladan Evropa Ittifoqining trategiyasini MO hududida amalga oshirib kelmoqda.

An’anaviy Latviya va O’zbekiston o’rtasidagi hamkorik juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Ayniqsa ohirgi yillarda ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalar yanada rivojlanib kelmoqda. Doimiy tarzda yuqori darajadagi o’zaro tashriflar amalga oshirilmoqda.

2013 yilning mayida Latviya Tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs tashrif buyurdi.

Uzluksiz tarzda Tashqi ishlar vazirliklarining siyosiy konsultatsiyalari o’tkazilib turiladi va bundan tashqari iqtisodiy masalalar bo’yicha hukumatlararo komissiyasi yi’gilishlari olib boriladi.

2011 yilning 1 yanvaridan 2012 yilning 31 dekabriga qadar Latviya respublikasining O’zbekistondagi Elchixonasi NATO Elchixonasining majburiyatlarini bajargan.

  • Diplomatik aloqalar tarihi
  • Hamkorlikning yuksalishi kuzatilayotgan yo’nalishlari
  • Muhim tashriflar
  • Iqtisodiy hamkorlik

 DIPLOMATIK ALOQALAR TARIHI

O’zbekiston va Latviya o’rtasidagi diplomatik aloqalar 1992 yil oktyabr oyida o’rnatilgan.

Latviya Elchixonasi Toshkentda 1992 yilda ochilgan. O’zbekiston Elchixonasi esa Latviya poytaxti Rigada 1995 yilda ish boshlagan.

1994 yil noyabr oyida O’zbekistondagi LAtviya elchisi va 2002 yilning avgustida tayinlangan Latviyadagi O’zbekiston elchilari paytida o’zaro ikki tomonlama aloqa sifat darajasi bo’yicha yangi bosqichga ko’tarildi.

O’zbekistondagi Latviya Respublikasi favqulotda va muhtor elchisi – Edgars Bondars  va Latviyadagi O’zbekiston Respublikasining favqulotda va muhtor elchsi – Afzal Ortikov.

HAMKORLIKNING ISTIQBOLLI YONALISHLARI

•   Iqtisodiy hamkorlik yo’lida ko’mak:

Latviya tomoni ikki mamlakatning geografik joylashishi va xo’jalik masalalari bo’yicha o’sish suratini iqtisodiy hamkorlikka katta e’tibor berilishiga imkon yaratib bermoqda deb hisoblaydi. O’zbekiston mamlakatlararo transport yo’nalishlari faoliyatida muhim ahamiyatga ega davlatdir. Ayniqsa, Avfg’onistonga va Avfg’onistondan yo’l olgan yo’nalishlar bunga misoldir. Latviya o’z transport infratuzilmasidan foydalangan holda o’zaro yuklarni tashish bo’yicha olib boriladigan hamkorlikni rivojlantirishga bel bog’lagan. Umida qilamizki, transport va tranzit masalasidagi yangi tashabbuslar iqtisodiy integratsiyalashuvni kuchayishiga sabab bo’ladi. Bu o’z o’rnida mintaqadagi iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni, havfsizlikni ta’minlashda asosiy vazifalardan biridir.

Latviya tadbirkorlarining O’zbekiston bilan hamkorligi doirasiga farmatsevtik ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi, oziq ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, informatsion texnologiyalar va turizm ham kiradi.

•   Hukumatlararo komissiya faoliyati

1998 yildan Latviya-o’zbek hukumatlararo komissiyasi ish boshlagan. Komissiya vazifalariga mutaxassislar darajasida ikki ikki tomonlama aloqalarning muhim masalalarini ko’rib chiqish va taklif berish kiradi. 2013 yilning 18-19 sentyabr kunlari Toshkent shahrida Komissiyaning navbatdagi 4-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda transport, ta’lim, turizm, qishloq xo’jaligi va boshqa masalalarga tegishli savollar muhokama qilindi. Ikkii mamlakat o’rtasida iqtisodiy hamkorlikka tegishli masalalarni ko’rib chiquvchi yaxshi huquqiy asoso yaratilgan.

•   Talim sohasidagi hamkorlik

Latviyaning oily o’quv yurtlari o’zbek talabalari uchun Evropa Ittifoqi darajasida ta’lim olishni taklif qiladi. Latviyada ta’lim olayotgan chet el talabalarining soni jihatidan O’zbekiston 3 o’rinda turadi. 2013 yilda O’zbekistondan borib tahsil olayotgan talabalar soni 366 kishiga etdi. Oliy o’quv yurtlari ko’plab mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim olishni taklif qiladi. Bank va moliya ishi, texnik ta’lim, tibbiyot, aviatsiya va boshqalar shular jumlasidandir.

MUHIM TASHRIFLAR

1995 yil 6 – 7 iyun

O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning Latviyaga tashrifi

1996 yil 22 – 25 may 

Latviya prezidenti G.Ulmanisning O’zbekistonga tashrifi

1996 yil 26 – 28 noyabr

O’zbekiston parlamenti raisi E.Halilovning Latviyaga rasmiy tashrifi

1997 yil 11 - 12 aprel 

Latviya tashqi ishlar vaziri V. Birkavsaning O’zbekistonga rasmiy tashrifi

1997 yil 1 -  4 dekabr

Latviya parlamenti raisi A.Chepanisning O’zbekistonga rasmiy rashrifi

1998 yil 2 -  3 iyul  

Tashqi ishlar vaziri A.Kamilovning Latviyaga tashrifi

2002 yil 16 - 19 iyul 

Latviya tashqi ishlar vaziri I. Berzin’shaning O’zbekistonga rasmiy tashrifi

2002 yil 11 - 14 sentyabr

Latviya ichki ishlar vaziri M.Seglin’shaning O’zbekistonga rasmiy tashrifi

2004 yil 27 - 28 fevral

O’zbekiston tashqi ishlar vaziri S.Safoevning Latviyaga rasmiy tashrifi

2004 yil 7 - 8 aprel 

O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning Latviyaga davlat tashrifi

2008 yil 5 - 7 oktyabr

Latviya prezidenti V. Zatlersning O’zbekistonga davlat tashrifi

2010 yil 24 - 26 vefral

O’zbekiston tashqi ishlar vaziri o’rinbosari R.To’xtaboevning Latviyaga tashrifi

2010 yil 6 - 8 iyul

Latviya tashqi ishlar vaziri A. Ronisning O’zbekistonga rasmiy tashrifi

2010 yil 29 - 31 iyul

Riga meri Nil Ushakovning O’zbekistonga tashrifi

2011 yil 27 – 29 iyun

A. Sakovskisning boshchiligidagi O’zbekiston parlamenti bilan hamkorlik o’rnatish bo’yicha deputatlar guruhi delegatsiyasi tashrifi

2011 yil 30 iyun – 1 iyul

Latviya ombudsmani Yu.Yansonning O’zbekistonga tashrifi

2011 yil 25 - 26 noyabr

Sog’liqni saqlash vaziri I. Tsirtsening O’zbekistonga tashrifi

2012 yil 20 - 22 fevral

Mudofa vaziri A. Pabriksa va Habarlar vaaziri A. Ronincning O’zbekistonga tashrifi

2012 yil 2 – 4 aprel

O’zbekiston Qonunchilik palatasi raisi o’rinbosari B. Alixanovning boshchiligidagi O’zbekiston parlamenti delegatsiyasi tashrifi

2012 yil 25 sentyabr

Ceym raisi A. Klement’evning O’zbekistonga tashrifi

2013 yil 16-17 may

Latviya tashqi ishlar vaziri E. Rinkevichsning O’zbekistonga rasmiy tashrifi

2013 yil 16-17 oktyabr

O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning Latviyaga davlat tashrifi

IQTISODIY HAMKORLIK

Savdo (manba: Markaziy statistika boshqarmasi) 

2013 yil: 

Экспорт:

1. Litva – 1 484 550 317 evro yoki 16,25 % Latviya eksporti umumiy hisobidan

2. Rossiya –1 154 668 054 evro yoki 12,64 %

3. Estoniya – 1 069 172 506 evro yoki 11,70 %

...

31. O’zbekiston – 37 842 485 evro yoki 0,41%

Import:

1. Litva – 2 179 871 425 evro yoki 19,96 % Latviya importi umumiy hisobidan

2. Germaniya – 1 160 031 741 evro yoki 10,62 %

3. Rossiya –1 058 214 276 evro yoki 9,69 %

...

43. O’zbekiston – 6 583 567 evro yoki 0,06%

·      2013 yilda Latviyani O’zbekistonga qilgan eksporti hajmi 37,8 mln evroga, bu shuni ko’rsatadiki 2012 yilga qaraganda 102% (yoki 19,1 mln evro)ga yuqoridir.

·      2013 yil O’zbekistondan import hajmi 9,2  mln evro, yani 2012 yilga qaraganda 39,8% (yoki 2,6 mln evro)ga kamaygan.

·      2012 yili ko’rsatgichlari boyicha LAtviya O’zbekiston savdo aloqalari ijobiy balansi: + 12,24 mln evro

·      LAtviya va O’zbekiston o’rtasidagi savdo aylanmasini 47,1 mln evroga etdi va bu ko’rsatgich O’zbekistonni Latviyaning tashqi savdo bo’yicha hamkorlari orasida 44-o’ringa olib chiqdi.  

·      Latviya va O’zbekiston o’rtasidagi umumiy savdo aylanmasi 2012 yilga qaraganda 85,6 foizga kengaygan yoki 21,7 mln evroga oshdi.

Latviya va O’zbekiston o’rtasidagi savdo ko’rsatgichlari dinamikasi, evro (2005-2012 yy) 

Yil

Eksport

Import

2005

7 270 125

11 890 519

2006

8 145 443

6 179 867

2007

9 272 236

7 732 694

2008

18 243 723

8 952 254

2009

19 710 696

2 652 187

2010

12 125 435

6 750 103

2011

11 896 987

7 015 144

2012

18 771 668

6 583 567

2013

37 842 485

9 209 927

2012 yil O’zbekistonga qilingan asosiy eksport tovarlar, evro (gruppalar bo’yicha)

Tovar turi

evro

Umumiy hajm bo’yicha

Umumiy

18 771 668

100%

MAshina va mexanizmlar; elektr qurilmalari, ishlab chiqarish yoki laboratoriya elektr pechlari va topkalar – 40,55%;

Dvigatellar uchun detallar 16,98%;

Suyuqlik va poroshoksifat moddalarni maydalash va sochish uchun mo’ljallangan mexanik qurilmakar – 7,68%.

5 711 247

30,42%

Kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari – 79,58%

Дрожжlar va boshqa birkletkali organizmlar - 10,76%

4 844 493

25,81%

Oziq-ovqat ishlab chiqarish mahsulotlari va boshqa qattiq chiqindilar: 51,05%

BAliq ikrasi va uning o’rnini bosadigan mahsulot: 23,45%

Un va go’sht va go’sht submahsulotlari granulalari, baliqlar: 12,93%

2 041 613

10,88%

Yog’och plitalari – 99,86%

2 014 219

10,73%

Turli hil ishlab chiqarish mahsulotlari

Omborga tegishli qurilish konstruktsiyasi: 96,27%

1 382 823

7,37%

Va boshqalar (har biri 5% umumiy hajmdan kamroq)

2 777 273

14,79%

2012 yil O’zbekistondan qilingan asosiy import tovarlar, evro (gruppalar bo’yicha)

Tovar turi

evro

Umumiy hajm bo’yicha

Umumiy

6 583 567

100%

O’simlik mahsulotlari

Uzum: yangi va quritilgan – 91,66%

3 563 736

54,13%

To’qimachilik matolari va to’qimachilik mahsulotlari

Paxtaqog’oz to’qimalari – 52,14%

Paxtaqog’oz pryaja – 24,05%

2 375 044

36,08%

Mineral mahsulotlar

575 338

8,74%

Va boshqalar (har biri 5% umumiy hajmdan kamroq)

69 449

0,33%

Investitsiyalar

2013 yilning ohiriga borib O’zbekistonning to’g’ridan to’g’ri olib borgan invetitsiyalarti qoldig’I hajmi 5,3 mln evroni tashkil etdi. Bu investitsiyalar  transport, saqlash va aloqa sohasiga (0,9 mln evro), ko’chmas mulk bilan bog’liq masalalar (1,1 млн евро) hamda mehmonxona va restoran biznesi sohalariga tegishlidir. [1]

2013 yilning ohiriga borib O’zbekistonda Latviyaning to’gridan to’gri olib boriladigan investitsiyalari qol’dig’i kuzatilmagan.

2014 yil 25 martga kelib Latviya tadbirkorlari geristrida 382ta latviya-o'zbek qo'shma korxonalari ro'yhatga olingan. Latviya korxonalari asosiy kapitaliga qilingan o’zbek investitsiyalari umumiy summasi  7 679 760 mln latovni tashkil etdi. [2] Latviya korxonalari asosiy kapitaliga qilingan investitsiyalar hajmi bo’yicha O’zbekiston 31 o’rinni egallagan.

[1] Latviya Banki ma’lumotlari

[2] Statistika Lursoft RP ma’lumotlariga ko’ra

Foydali ma’lumotlar:

O’zbekiston hukumati portali - http://www.gov.uz/

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi - http://mfa.uz/

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi web sahifasi - http://www.mfer.uz/

[1] LRning Markaziy statistika boshqarmasi ma’lumotlari

[2] Latviya Banki ma’lumotlari